Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarning qaroriga binoan to‘langan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanadimi?


Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarning qaroriga binoan to‘langan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanadimi?

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroriga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat nizosi bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra xodimga to‘langan summalarni qaror bekor qilinganida undan qaytarib undirib olishga faqat bekor qilingan qaror xodim tomonidan berilgan yolg‘on ma’lumotlarga yoki uning tomonidan taqdim etilgan qalbaki hujjatlarga asoslangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifi noto‘g‘ri deb yoki qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud ushbu ta’rifni o‘zgartiradi va qarorda mehnat shartnomasini bekor qilish asosini qonunchilikka qat’iy muvofiq ravishda qonunning tegishli moddasiga (qismiga, bandiga, xatboshiga) havola qilgan holda ko‘rsatadi.

Sud qonunchilikda nazarda tutilgan kafolatlarni berish to‘g‘risidagi va xodimga tegishli ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani bir vaqtning o‘zida hal qiladi.

Agar sud mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifi xodimning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadi deb topsa, unda sud xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni uning talabiga ko‘ra kompensatsiya qilish masalasini hal etadi.

 

 

Olmaliq shahar YUXKM boshlig’I M.M.Ashurova