Янгиликлар
Xodimlarning va ular vakillarining talablar qo‘yishi mumkinmi?
Xodimlarning va ular vakillarining talablar qo‘yishi mumkinmi?
Mehnat kodeksining 42-moddasiga muvofiq belgilangan xodimlar va ularning vakillari talablar qo‘yish huquqiga ega.
Tashkilot (tashkilotning alohida bo‘linmasi) xodimlari va (yoki) ularning vakillari tomonidan qo‘yilgan talablar xodimlarning tegishli umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) tasdiqlanadi, yozma shaklda bayon qilinadi hamda xodimlarning jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun ular vakolat bergan vakillar tomonidan ish beruvchiga yuboriladi.
Ish beruvchi xodimlarga yoki xodimlarning vakillariga talablar qo‘yish yuzasidan umumiy yig‘ilish (konferensiya) o‘tkazish uchun zarur xona berishi shart va uni o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga haqli emas.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining talablari ularning saylab qo‘yiladigan kollegial organlari tomonidan qo‘yiladi va ijtimoiy sheriklik taraflariga yuboriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha tegishli davlat organiga yuborilishi, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Bu holda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha davlat organi talablarni jamoaviy mehnat nizosining boshqa tarafi olganligini tekshirishi shart.
Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i M.M.Ashurova