Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish qay tartibda amalga oshiriladi?


Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish qay tartibda amalga oshiriladi?

Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha organdir. Vaqtinchalik mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan mazkur jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha tegishli davlat organi bilan birgalikda tuziladi. Tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyaning qaroriga ko‘ra komissiya huzurida taraflarning kelishuvi asosida hal etish (tartibga solish) uchun o‘ziga topshiriladigan jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) maqsadida doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitraji tuzilishi mumkin.

Jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish) yakunlanganidan keyin kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yoxud mediator nomzodi xususida jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuviga erishilishi kerak bo‘lgan muddat tugagach yoki taraflarning yoki taraflardan biri jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etishni (tartibga solishni) rad etganligi to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin jamoaviy mehnat nizosining taraflari jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi shart.

Jamoaviy mehnat nizosi taraflari jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etishga (tartibga solishga) rozi bo‘lgan taqdirda, ular tomonidan mehnat arbitrajining qarorlarini bajarish majburiyligi to‘g‘risidagi shartni o‘z ichiga olgan tegishli kelishuv tuziladi. Shundan so‘ng jamoaviy mehnat nizosining taraflari ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ikki ish kunigacha bo‘lgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) esa to‘rt ish kunigacha bo‘lgan muddatda jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha tegishli davlat organi bilan birgalikda ushbu jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun vaqtinchalik mehnat arbitrajini tuzishi yoxud uni tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya huzurida tashkil etilgan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitrajiga hal etish (tartibga solish) uchun topshirishi shart.

Vaqtinchalik mehnat arbitrajining tarkibi va reglamenti ish beruvchining (ish beruvchilar vakilining), xodimlar vakilining hamda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha davlat organining qarori bilan belgilanadi. Doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitrajida jamoaviy mehnat nizosini hal qilish (tartibga solish) uchun mehnat arbitrajining tarkibini shakllantirish tartibi hamda uning reglamenti tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tomonidan tasdiqlanadigan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitraji to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitrajining namunaviy nizomi tasdiqlanishi mumkin.

Jamoaviy mehnat nizosi ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ushbu nizo taraflarining vakillari ishtirokida besh ish kunigacha bo‘lgan muddatda, jamoaviy mehnat nizosini ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida hal etishda esa vaqtinchalik mehnat arbitraji tuzilgan yoki jamoaviy mehnat nizosi doimiy asosda faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat arbitrajiga hal etish (tartibga solish) uchun topshirilgan kundan e’tiboran o‘n ish kunigacha bo‘lgan muddatda mehnat arbitrajida hal etiladi (tartibga solinadi).

Mehnat arbitraji:

jamoaviy mehnat nizosi taraflarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

jamoaviy mehnat nizosiga taalluqli bo‘lgan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni oladi;

zarur bo‘lgan hollarda, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jamoaviy mehnat nizosining ehtimol tutilgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlari to‘g‘risida xabardor qiladi;

jamoaviy mehnat nizosining mohiyatiga ko‘ra qaror qabul qiladi.

Mehnat arbitraji qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Mehnat arbitrajining jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) to‘g‘risidagi qarori ushbu nizo taraflariga qaror qabul qilingan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda topshiriladi.

 

 

Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i           M.M.Ashurova