Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi qanaqa?


Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi qanaqa?

Sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida:

a) o‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan;

b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan:

javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan;

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;

o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;

voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan;

voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan;

yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qo‘llanilmaydi.

Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.

 

Olmaliq shahar YUXKM boshlig’i          M.M.Ashurova