Янгиликлар
Oʻrindoshlik asosida ishlovchilar qanday hujjatlarni ish beruvchiga taqdim qilishi kerak?
Oʻrindoshlik asosida ishlovchilar qanday hujjatlarni ish beruvchiga taqdim qilishi kerak?
Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:
pasportni yoxud uning oʻrnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;
asosiy ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumotnomani;
bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlgan ishga oʻrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan koʻchirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani;
diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;
mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishga qabul qilish chogʻida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotnomani;
jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini.
Ichki oʻrindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chogʻida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.
Qibray tuman adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti A.Aliyev