Янгиликлар
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga nimalar kiradi?
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga nimalar kiradi?
Quyidagilar mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari hisoblanadi:
taraflarning kelishuvi; mehnat shartnomasi muddatining tugashi;
mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish;
mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish;
tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi;
xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;
xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun koʻchishni rad etishi;
xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatma boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʻlmagan taqdirda;
taraflarning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar; yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan oʻtmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish;
ushbu Kodeks yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qoʻshimcha asoslari toʻgʻrisidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar.
Qibray tuman adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti A.Aliyev