Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi davr taqozosi va talabi


Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi davr taqozosi va talabi

 

Tub burilishlar davri oʻz navbatida nafaqat amaldagi qonunchilik, balki mamlakat Konstitutsiyasini ham isloh qilish, yangi davr maqsadlarini unda toʻliq aks ettirish vazifasini kun tartibiga qoʻymoqda. Ayni shu maʻnoda Konstitutsiyaviy islohotni bugungi davr taqozosi va talabi, mahalla institutlarining yangi bosqichga koʻtarilishi deb aytish mumkin. Shu maqsadda ham amaldagi Konstitutsiya hozirgi kun talablariga javob berishi, unda mahalla instituti masalalari bilan bogʻliq talay huquqlar aks etishi maqsadida ham aniq takliflar ustida ish olib borildi.

Avvalgi Konstitutsiyamizda viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etish nazarda tutilgan edi. Bu norma hokimlarga juda koʻplab vakolatlarni bergan boʻlib, xalqning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi asosiy organ hisoblangan vakillik organining koʻplab vazifa va funksiyalarini cheklashga olib kelayotgan edi.

Shunga koʻra, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning Mahalla instituti ham aynan, vakillik organiga hokimlarning emas, balki deputatlarning orasidan ovoz berish orqali aniqlanadigan rais saylanishi belgilandi. Yaʻni Konstitutsiyamizning 120-moddasiga koʻra, Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir. Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi. Yangidan tashkil etilgan maʻmuriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga saylov xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oshmaydigan muddatga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, Konstutitsiyamizning 120 va 121-moddalarida xalq deputatlari Kengashlari raislari va hokimlarning surunkasiga ikki marta ayni bir tuman, shahar, viloyatlarga saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emasligining mazkur moddada belgilanishi bir xil qarashlarning oldini olish, doimiy rivojlanib borish uchun qoʻyilgan kichik qadamlardan hisoblanadi.

Shuningdek, avvalgi Konstitutsiyamizda faqatgina hokimlar oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilishi nazarda tutilgan boʻlsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda esa ushbu modda toʻldirilib, xalq deputatlari Kengashi soʻzlari bilan toʻldirildi.

 

Qibray tumani Adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                                      A.Aliyev