Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mehnat shartnomasi tushunchasi va undagi asosiy va qo’shimcha shartlar


Mehnat shartnomasi tushunchasi va undagi asosiy va qo’shimcha shartlar

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 103-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv bo‘lib, unga muvofiq xodim ish beruvchining manfaatini ko‘zlab, ushbu kelishuvda belgilangan mehnat vazifasini uning rahbarligi va nazorati ostida shaxsan bajarish, ichki mehnat qoidalariga rioya etish majburiyatini, ish beruvchi esa xodimga shartlashilgan mehnat vazifasi bo‘yicha ish berish, xodimga ish haqini o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lash, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va ushbu kelishuvda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.                                                                                                                                    Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo’lib hisoblanadilar. Yozma shakldagi mehnat shartnomasi doimiy ishlovchilar bilan ham, muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga ishga qabul qilinuvchilar bilan ham, o’rindoshlik tarzida ishga kirishda ham tuziladi. Taraflarning kelishuviga ko’ra, ishlab chiqiladigan mehnat shartnomasi shartlari zarur (asosiy) va qo’shimcha (ixtiyoriy) shartlarga bo’linadi. Ularsiz shartnoma tuzilishi mumkin bo’lmagan shartlar  zarur (asosiy) shartlar hisoblanadi. Garchi shartnoma uchun majburiy bo’lmasa ham, taraflarning xohishiga ko’ra qayd etilishi mumkin bo’lgan shartlar qo’shimcha shartlar hisoblanadi.                                                                                                                            O’z navbatida, mehnat shartnomasining zarur (asosiy) shartlarini quyidagilarga ajratish mumkin:-umumiy shartlar, ushbu shartlar xodim nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi bo’yicha ishga kirishidan, asosiy ishga yoki o’rindoshlik asosida ishga kirishidan, shartnomada shartlashilgan ishni korxonada yoki o’z uyida bajarishidan va hokazolardan qat’i nazar istalgan mehnat shartnomasida, albatta qayd etilgan bo’lishi lozim. Ish joyi, mehnat funktsiyasi, ish boshlanadigan kun, mehnatga haq to’lash miqdori to’g’risidagi shartlar istalgan mehnat shartnomasini tuzish chog’ida ular haqida kelishilishi zarur bo’lgan umumiy zarur shartlarga kiradi;-alohida shartlar xodimlar bilan mehnat shartnomalarining ayrim turlarini tuzishdagi umumiy shartlardan tashqarii imajburiy tartibda qayd etilgan bo’lishi lozim;-boshqa zarur shartlar, ushbu shartlar, agar ular korxonaning lokal hujjatlarida qayd etilmagan bo’lsa, mehnat shartnomasiga kiritiladi. Korxonada tegishli lokal hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mehnat shartnomasiga ish haftasining tur va ish vaqti tartibi to’g’risidagi shartlarni kiritish zarur. Mehnat shartnomasiga har xil qo’shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Ular majburiy hisoblanmaydi, biroq mehnat munosabatlarini tartibga solishda ularning ahamiyati kattadir. Ishga qabul qilish paytida sinovini belgilash to’g’risida, kasblar (lavozimlar)ni qo’shib olib borish to’g’risida, malakani muntazam oshirib borish to’g’risida, ish vaqti tartibi va dam olish tartibi haqida, har yillik asosiy yoki ish beruvchining mablag’lari hisobidan qo’shimcha ta’tilning davomiyligini ko’paytirish to’g’risida, ushbu xodim uchun qo’shimcha imtiyozlar to’g’risidagi shartlarni qo’shimcha shartlar jumlasiga kiritish mumkin.

 

Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                                      A.Aliyev