Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mulkingiz daxlsizligi yanada ortdi


Mulkingiz daxlsizligi yanada ortdi

Joriy yilning 24-avgust sanasida fuqarolarimizni ko'pdan buyon qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan yana bir muhim qonun hujjati qa'bul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "mulk huquqi daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yul qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-198-son Farmoniga muvofiq, mulkiy huquqlar borasida bir qator yangi tartiblar joriy qilindi. xususan:

- Hech kim o'z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi;

- Erdan voz kechish faqatgina notarial tartibda amalga oshiriladi;

- Yuridik shaxs tugatilganda uning er uchastkasi shu yuridik shaxs muassislariga o'tadi;

- xususiy mulk huquqini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladigan holatlar belgilandi.

Endilikda xususiy mulk obekti va u joylashgan hududga mulkdorning roziligisiz kirish uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo'lgan choralar qo'llanilishi mumkin.

 

Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                           A.To‘qsonov