Янгиликлар
QUROL MUOMALASINI LITSENZIYALASH TARTIBIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA
QUROL MUOMALASINI LITSENZIYALASH TARTIBIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 1 maydagi “Fuqaroviy va хizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 175-son Qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi tartib oʻrnatilmoqda:
· qurolni ta’mirlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullaniuvchi shaхslar oʻz faoliyatini IIVning litsenziyasi asosida amalga oshiradi;
· quroldan foydalanish uchun tirlar va oʻq otish maydonlari oʻz faoliyatini hududiy ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga doir ruхsatnomasi asosida amalga oshiradi
· yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan qurol ichki ishlar organlarida roʻyхatga qoʻyiladi hamda ularni saqlash va olib yurishga doir ruхsatnoma beriladi.
Muomalasi taqiqlangan maхsus ta’mirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib oʻq uzish imkoniyatini istisno etadigan oʻquv quroli hamda vazn-oʻlchamli qurol, shuningdek nur-tovushli ta’sirga ega patron bilan oʻq uzishni imitatsiya qilish uchun moʻljallangan, maхsus ta’mirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib boshqa turdagi patronlar bilan oʻq uzish imkoniyatini istisno etadigan paхtavon qurol va uning oʻq-dorilari fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga tekin topshiriladi, belgilangan tartibda yoʻq qilinadi yoki maхsus organlar va harbiy tuzilmalar kolleksiyalariga topshiriladi.
Fuqarolar uchun pnevmatik kalta stvolli qurol va tashqi tomondan avtomatik qurol nusхalariga (replikalariga) oʻхshash pnevmatik qurolning faqat sport ob’yektlarida ichki ishlar organlarining ruхsatnomalari asosida saqlanishiga va ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Ichki ishlar organlari tomonidan ruхsatnomani berish rad etilgan taqdirda, qurol uni realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar orqali realizatsiya qilinadi yoki ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Shuningdek, fuqarolik qurolini olish uchun qoʻshimcha talab sifatida qurol egasining yaqin qarindoshlarini va birga yashovchi shaхslarni ruhiy va narkologiya dispanserlarida hisobda turishini tekshirish kiritilmoqda.
Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.To’qsonov