Янгиликлар
Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyozlar sarhisobi
Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyozlar sarhisobi
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida fikr yuritadigan bo'lsak, avvalo O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi "Davlat xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'grisida"gi 6269-son farmon bilan mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilingan.
Xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni ko'rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni o'rtacha ikki barobarga qisqartirildi.
Shu bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrdan "ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko'rsatishda qonunchilikda belgilangan davlat bojlari, yigimlar va boshqa har qanday to'lovlar bo'yicha 50% chegirma qo'llanilishi belgilanganligi ham fuqarolar uchun yaratilgan imtiyozlarga misol bo'la oladi.
Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Aliyev