Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tashga oid norma


Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tashga oid norma

Barchamizga ma’lumki, 2022-yilning 8-avgustida Respublikamizdagi barcha davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi hamda huquq-majburiyatlarini belgilab bergan, yurtimiz ijtimoiy hayotida uzoq kutilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan edi. Mazkur Qonun orqali davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy faoliyati, funksional vazifalari hamda huquqiy va ijtimoiy himoyasiga umummajburiy me’yorlar mustahkamlandi.

Shuningdek, endilikda davlat fuqarolik xizmatchilarining konstitutsiyaviy maqomi va davlat fuqarolik xizmati tushunchasini keng doirada muhokamasi davom etayotgan yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasiga kiritishning ahamiyati nihoyatda ortgan edi. 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham davlat fuqarolik xizmati hamda uning kafolatlari aks ettirildi. Xususan Konstitutsiyaning 37-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega ekanliklari hamda davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi oid norma mustahkamlandi.

 

Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                          A.To‘qsonov