Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Fuqaro murojaatini ko'rish muddati qancha?


Fuqaro murojaatini ko'rish muddati qancha?

 

Mamlakatimiz Qonunchilik tizimiga muvofiq har bir fuqaro murojaat qilishga haqli hamda mazkur huquq "jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'RQ-445-son O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan muhofazaa qilinadi. Murojaat deganda ko'pchilik bu so'zni faqatgina lug'aviy ma'noda tushunadi. Vaholanki, huquqiy nuqtai nazardan murojaatlar uch turga bo'linib, ariza, taklif va shikoyatlarni o'z ichiga oladi. Mazkur qonunning 28-moddasiga ko'ra, davlat organlari, tashkilot va mansabdor shaxslarga kelib tushgan ariza va shikoyatlarni ko'rish muddati 15 kun, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa,ushbu muddat bir oygacha cho'zilishi mumkin. Murojaatlarni ko'rish vaqtidagi yuqoridagi kabi muddat uzayishi holatlari yuz berganda, bu haqida murojaat etuvchiga xabardor qilinadi.

Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo'lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o'n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

Mazkur qonun asoslariga ko'ra, anonim murojaatlar, vakil tomonidan berilgan murojaatlarda vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat(ishonchnoma) mavjud bo'lmaganda vakil tomonidan berilgan murojaatlar va qonun talablariga muvofiq kelmaydigan boshqa murojaatlar ko'rib chiqilmaydi.

 

 

Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                           A.To’qsonov