Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Er-xotinning umumiy mulki deganda nima tushiniladi?


                         Er-xotinning umumiy mulki deganda nima tushiniladi?

 

Hozirgi davrda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyat va mulkiy munosabatlarga nisbatan qarash o‘zgarib borishi natijasida jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilaviy munosabatlarda ham mulk tushuncha formallashib bormoqda. Sudlar va notariuslar tomonidan ko‘rilayotgan bu masaladagi ishlarni ko‘payishi oilaviy munosabatlarning asosiy subyektlari bo‘lgan er va xotinning umumiy mulkiga atroflicha tvsif berish zaruratini keltirib chiqaradi. Xo‘sh, er-xotinning umumiy mulki deganda nimani tushunishimiz kerak?

Er va xotinning umumiy mulki bu - ularning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Er va xotinning umumiy mol-mulkiga er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.

Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.

Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, myeros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.

Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, sud tomonidan er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.

Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar.

Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.

Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.

 

Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                           A.To’qsonov