Янгиликлар
Samasud o‘zi nima va buning uchun qanday javobgaarlik belgilangan?
Samasud o‘zi nima va buning uchun qanday javobgaarlik belgilangan?
Samasud - bu huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir yetgan yoki huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir yetishda gumon qilingan shaxs haqida tegishli davlat organiga xabar bermay, uni oʻzboshimchalik bilan qonunga xilof ravishda jazolash hisoblanadi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir yetgalikda ayblanayotgan shaxsning ishi sudda oshkora ko‘rilib aybi aniqlanmagunga qadar aydor hisoblanmasligi belgilagngan. Xususan Oʻzicha sud qilish (samosud), yaʼni qonuniy tilda "oʻzboshimchalik" tushunchasi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 200-moddasiga ko‘ra, oʻzboshimchalik — o‘zining haqiqiy yoki taxminiy huquqini fuqarolar huquqlariga, qonun bilan himoyalanadigan manfaatlarga, davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazmagan holda oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish deb taʼriflanadi. Bunday harakatlar fuqarolar uchun bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun yesa bir baravaridan uch baravarigacha jarima solishga olib kelishi mumkin.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsurti A.O.Rajabov