Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mehnat shartnomasi bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma o‘rtasidagi farq nimada?


Mehnat shartnomasi bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma o‘rtasidagi farq nimada?

Ma’lum bir ishni bajarish mehnat shartnomasidan tashqari, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, korxona bir ob’ektni qurishi kerak bo‘lsa, u jismoniy shaxslarni mehnat shartnomasi tuzib ishga qabul qilib, qurilishni amalga oshirishi mumkin. Yoki bu shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma (qurilish pudrati shartnomasi) asosida ishni tashkil qilishi ham mumkin.

Ikkala shartnoma ham yakuniy maqsad — qurilish ishlarini tugallashni ko‘zda tutadi, lekin fuqarolik-huquqiy shartnoma mehnat jarayonini (ish vaqti, tungi smenalar, xodimlar vazifalarining taqsimoti, ichki tartib-qoidalar, ish haqi to‘lash muddatlari, ta’til va dam olish kunlari kabi kafolatlar) tartibga solmaydi.

Mehnat shartnomasi tuzilganda yesa xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat jarayoniga doir huquq va majburiyatlar paydo bo‘ladi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, mazmunan mehnatga oid bo‘lgan munosabatlarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar orqali tartibga solish taqiqlanadi. Ya’ni, fuqarolik shartnomasida mehnatga oid shartlar qo‘yilmasligi lozim.

Masalan, bir tashkilot A ismli shaxs bilan veb-sayt dizayni yaratish bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolagan bo‘lsa, lekin undan haftada 5 kun soat 9:00 dan 18:00 gacha ishda bo‘lishi talab qilinsa va bu tartib buzilganida unga intizomiy jazo berilishi haqida yozma ogohlantirish yuborilsa, bu holatda mehnat munosabatlari paydo bo‘lgan hisoblanadi va A ismli shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzilishi kerak bo‘ladi. Chunki fuqarolik-huquqiy shartnomada ishlovchi shaxs bevosita buyurtmachiga bo‘ysunmaydi, aniq ish vaqti belgilangan bo‘lmaydi va unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash mumkin yemas.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsurti                                                  A.O.Rajabov