Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Nuqsonli Tovar sotib olgan fuqoroga uning tavari almashtirib beriladimi?


Nuqsonli Tovar sotib olgan fuqoroga uning tavari almashtirib beriladimi?

 

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonuning 14-moddasiga koʼra, isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʼshimcha ravishda tekshirish zarur boʼlganida yesa, isteʼmolchi talab qoʼygan paytdan yeʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.

Shuningdek ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʼlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan yeʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʼl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

Agarda sotuvchi yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarga rioya qilmasa, nuqsonli tavarni huddi shunday markali tavarga almashtirib berish bilan birgalikda,o‘tkazib yuborilagan har bir kun uchun neustoyaka(penya) to‘la beradi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsurti                                                  A.O.Rajabov