Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Fuqorolarga bola puli (nafaqasi) qaysi holatlarda berilmaydimi?


           Fuqorolarga bola puli (nafaqasi) qaysi holatlarda berilmaydimi?

,,Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida,, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 654- sonli qororiga ko‘ra, quyidagi holatlarda bolalar nafaqasini berish rad yetiladi;

Xususan, nafaqa tayinlash jarayonida oila a’zolarining o‘rtacha daromadi hisobga olinadi. Masalan, oilada faqat otaning oylik maoshi bo‘lsa, u oilaning barcha a’zolariga teng taqsimlanadi. Agar har bir oila a’zosi uchun o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshsa, nafaqa berish rad yetiladi. Aksincha, agar oila a’zolarining o‘rtacha daromadi 440 ming so‘mdan past bo‘lsa, ularga nafaqa tayinlanadi. Yolg‘iz onalar farzandini o‘zlari tarbiyalayotgan holatlarda, ularga nafaqa olish uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

Ko‘pincha ishlamayotgan fuqarolar nafaqa olish uchun ariza berganda, bu rad yetiladi. Ishlamaydigan kishilarga nafaqa va moddiy yordam berilishi cheklangan, chunki bu bilan boqimandalikning oldi olinmoqda.

Shuningdek, so‘nggi yetti yil ichida avtomobil sotib olgan yoki traktor va og‘ir yuk mashinalariga yega bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlanmaydi. Shuningdek, agar oila a’zolaridan birining bankda yeng kam oylik maoshning 5 barobaridan ortiq summada omonati bo‘lsa yoki ular nomida ikki yoki undan ortiq ko‘chmas mulk mavjud bo‘lsa, nafaqa tayinlanmaydi. Biroq, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar nafaqa olishlari mumkin.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsurti                                                  A.O.Rajabov