Янгиликлар
2024-yil 1-maydan boshlab, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda moddiy yordam toʻlovi joriy etilgan
2024-yil 1-maydan boshlab, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda moddiy yordam toʻlovi joriy etilgan
Prezidentning 27.12.2023-yil kungi PQ-410-son qaroriga asosan,
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi.
- 2024-yil 1-maydan boshlab mazkur reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qoʻshimcha pul toʻlovlari oʻrniga yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda minimal isteʻmol xarajatlari miqdorida (Hozirgi kunda 648 000 soʻm) moddiy yordam toʻlash amaliyoti joriy qilingan.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov