Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

AYRIM FUQAROLARGA SHU OYDA GAZ VA ELEKTR ISTʻYEMOLI UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLAB BERILADI


AYRIM FUQAROLARGA SHU OYDA GAZ VA ELEKTR ISTʻYEMOLI UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLAB BERILADI

 

Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yil kungi 204-son qarori qabul qilingan.

Qarorga koʻra:

- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʻminlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi xamda yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar toifasidagi isteʻmolchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi va mazkur ehtiyojmand oilalar uchun isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

Noyabr oyida 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi isteʻmol uchun bazaviy meʻyor doirasidagi hamda bazaviy meʻyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy meʻyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy meʻyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov