Янгиликлар
QANDAY HOLATLAR MUROJAATLAR TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH XISOBLANADI ?
QANDAY HOLATLAR MUROJAATLAR TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH XISOBLANADI ?
Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasiga koʻra, vakolatli tashkilotlar tomonidan qilingan quyidagi holatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:
- murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
- murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
- murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
- murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʻminlamaganlik.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov