Янгиликлар
XODIMLARGA TOʻLANISHI SHART BOʻLGAN KOMPENSATSIYALAR
XODIMLARGA TOʻLANISHI SHART BOʻLGAN KOMPENSATSIYALAR
Mehnat kodeksining 286-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:
- xizmat safarlarida boʻlganda;
- sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
- ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga koʻra boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganda;
- ish beruvchining yoʻllanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtganda;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolganda;
- xodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan;
- xodimning foydalanmagan yillik mehnat taʻtili uchun;
- ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimni ogohlantirish muddati pul kompensatsiyasi bilan almashtirilganda.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov