Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

"YOSHLAR DAFTARI"GA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?


"YOSHLAR DAFTARI"GA QANDAY TOIFADAGI YOSHLAR KIRITILADI ?

 

Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, “Yoshlar daftari”ga 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi:

- oila aʻzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan;

- boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan;

- oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

- oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz;

- I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;

- farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;

- jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan;

- ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;

- yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan;

- zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan;

- “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

- haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan;

- davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar;

- jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

- muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan;

- psixologik maslahatga muhtoj;

- nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

- dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan;

- yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov