Янгиликлар
Qaysi toifadagi insonlarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish chorasi qo‘llanish mumkin yemas?
Qaysi toifadagi insonlarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish chorasi qo‘llanish mumkin yemas?
Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasida ushbu toiflar belgilanib o‘tilgan.
Unga muvofiq;
Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida yesa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida yesa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Shuningdek yuqoridagi keltirib o‘tilgan moddaning 2-qismiga ko‘ra ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin yemasligi belgilab qo‘yilgan.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsurti A.O.Rajabov