Янгиликлар
Mehnat shartnomasini yelektron tartibda tuzish mumkinmi?
Mehnat shartnomasini yelektron tartibda tuzish mumkinmi?
Ha,mehnat shartnomasini yelektron tartibda tuzish mumkin. Amaldagi Mehnat kodeksi 106-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Biroq shartnomaning yozma shakli deganda faqat qog‘oz shaklidagi shartnomani tushunmasligimiz lozim. Bu vaziyatni quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslashimiz mumkin.
Xususan Fuqarolik kodeksi 366-moddasiga (Shartnomaning shakli) ko‘ra, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, yelektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Shuningdek “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunning
4-moddasiga (Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga yega yekanligini ye’tirof yetish shartlari) ko‘ra, bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya yetilgan taqdirda, yelektron hujjatdagi yelektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga yega bo‘ladi, agar;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud bo‘lganda yelektron hujjatni imzolash paytida amalda bo‘lsa;
elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuristkonsurti A.O.Rajabov