Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi



Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi

 

Qonunchilikka muvofiq homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.

 Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning akusher-ginekologlari tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi.


 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov