Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Chet elga ishlashga ketgan shaxslarning bolalariga "bola puli" berilmaydimi?



Chet elga ishlashga ketgan shaxslarning bolalariga "bola puli" berilmaydimi?


 


Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, agar elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlarda chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa yoki o‘tkazmalar miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoridan kam bo‘lsa, u holda oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari (hozirgi kunda 2 100 000 so‘m) miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi deb ko‘rsatilgan.

Turmush o‘rtog‘ingiz chet davlatga ketgan bo‘lsa va bolalar nafaqasi olish uchun bergan arizangiz bo‘yicha Sizlarni oilaviy holatingiz o‘rganilayotgan vaqtda  turmush o‘rtog‘ingiz tomonidan Sizlarga pul o‘tkazmalari o‘tkazilganligini aniqlashning imkoni bo‘lmasa yoki o‘tkazma miqdori yuqoridagi 2 100 000 so‘mdan kam bo‘lsa, demak turmush o‘rtog‘ingizga 2 100 000 so‘m miqdorida normativ daromad yoziladi. Turmush o‘rtog‘ingizga yozilgan mazkur normativ daromad va oilangizni boshqa daromadlarini qo‘shib xisoblaganda kishi boshiga minimal iste’mol harajatlari miqdori (hozirgi kunda 648 000 so‘m) dan oshib ketmasa shundagina Sizlarga bolalar nafaqasi berilishi mumkin.

 O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga MHTEKMning 2 baravari miqdori (2 100 000 so‘m)da normativ daromad yoziladi. Chet elga ishlashga ketgan shaxs ham o‘zini o‘zi band qilgan deb hisoblanadi va shundan kelib chiqib boshqa daromadlar hisob-kitobini chiqarib, bolalar nafaqasi berilishi yoki yo‘qligini bilib olsa bo‘ladi. Chet elga ishlashga ketgan shaxsning chet davlatda bo‘lganligini bolalar nafaqasiga boshqacha ta’siri yo‘q.


 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov