Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ajrashgandan keyin ham sobiq er (xotin) ta’minot olishi mumkin



Ajrashgandan keyin ham sobiq er (xotin) ta’minot olishi mumkin


 


Qonunchilikka ko‘ra, yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan quyidagilarni talab qilishga haqli:

- sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab 3 yil davomida;

- o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u 18 yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan sobiq xotin (er);

- nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab 1 yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);

- nikohdan ajralgan paytdan boshlab 5 yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.

Ajrashgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi kelishuv bilan belgilanishi mumkin. 

Agar ular o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lmasa er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e’tiborga olib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.


 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov