Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kuchaytiriladi



Xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kuchaytiriladi


 


Prezident tomonidan 2024 yil 29 avgust kuni imzolangan Qonun (O‘RQ-950-son) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.


 

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov