Янгиликлар
Moddiy yordam va mukofot puli bir xilmi, ular qachon va qanday tartibda beriladi?
Moddiy yordam va mukofot puli bir xilmi, ular qachon va qanday tartibda beriladi?
Moddiy yordam va mukofot puli bir-biri bilan bog‘liq yemas.
O‘qituvchi yetarli asoslar mavjud bo‘lganda moddiy yordam olishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorining 33-bandiga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yilida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha quyidagi holatlarda ko‘rsatiladi:
- xodim yoki uning yaqin qarindoshi (ota, ona, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot yetganda;
- og‘ir kasallikka chalinganda;
- tabiiy ofat tufayli zarar ko‘rganda.
Mazkur qoida asosida, agar xodim maktabda mehnat shartnomasi bilan ishlayotgan vaqtda yuqoridagi holatlar yuz bersa va maktab direktorining jamg‘armasida mablag‘ yetarli bo‘lsa, xodim 2 lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam olish huquqiga yega bo‘ladi.
Shuningdek, bu qoida bo‘yicha xodim bir kalendar yili davomida jami 2 lavozim maoshigacha moddiy yordam olishi mumkin.
Nizomning 29-bandiga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlar, faqat "1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan jamg‘armadagi mavjud mablag‘lar hisobidan mehnatga haq to‘lashning yeng kam miqdorining 50 foizigacha mukofot olishlari mumkin. Bu mukofot har o‘quv yili uchun berilishi mumkin. Nizomda bir marta mukofot olgan o‘qituvchining keyingi yil mukofot olmasligi kerakligi haqida cheklov yo‘q. Shuningdek, mukofot berish asoslariga aniq qoida kiritilmagan.
Mehnat kodeksining 252-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladi va ish beruvchi tomonidan xodim oldindan belgilangan ko‘rsatkichlarga yerishgani uchun yemas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayramlar va boshqalar) yoki xodimning muayyan harakatlar amalga oshirgani uchun (masalan, muhim topshiriqni bajarish yoki ratsionalizatorlik taklifini kiritish) to‘lanadi.
Shu bois, 1-oktyabr munosabati bilan barcha o‘qituvchilar mukofot olish huquqiga yega, ammo bu uchun maktab smetasida qo‘shimcha mablag‘lar bo‘lishi zarur.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Abdugaffarov