Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi so‘raladimi?


Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi so‘raladimi?

Amaldagi oila kodeksi 155-moddasiga kora;

Oʼn yoshga toʼlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʼgʼrisidagi ish koʼrib chiqilayotganda aniqlanishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagi moddaning ilmiy-amaliy sharxiga ko‘ra ,modda quyidagicha talqin qilinadi;

Qonun oʼn yoshga toʼlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligini majburiy shart qilib qoʼyadi. Farzandlikka olish ixtiyoriy qaror qabul qilishni talab qilganligi bois har ikki tarafning ham xohishi, ham roziligi boʼlishini taqozo qiladi. Garchi muomalaga layoqatsiz shaxsning yerk-irodasini izhor qilishi ahamiyatli boʼlmasada, ushbu holatda aynan oʼn yoshga toʼlgan bolaning yerk-irodasi hisobga olinishi asosiy shartlardan biri sifatida norma qilib qoʼyilgan. Bunda bolaga u tushunadigan shaklda farzandlikka olish va uning oqibatlari, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan tanishish, aynan kim tomonidan farzandlikka olinayotganligi haqida maʼlumot olish imkoniyati taʼminlanadi. Ishni sudda koʼrishda psixolog ishtirok yetishi maqsadga muvofiqdir. Qonunchilikda bu borada bolaning roziligini olish shakli nazarda tutilmaydi. Asosiysi, ushbu yerk-iroda haqiqatda bolaning xohish-istagini ifodalashi lozim.

Vasiylik va homiylik organi bolaning roziligini olish jarayonida ishtirok yetadi. Oliy sud Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi "Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, bunday hollarda sud farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlar bilan uchrashish, mulkiy va boshqa nizolar), bolaning familiyasi, ismi va ota ismi hamda tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlarning o‘zgarishi masalalari bolaga tushunarli tarzda bayon yetilganiga alohida ye’tibor qaratishi kerak.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                           A.Abdugaffarov