Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘zbekistonda xususiy mulkni himoya qilishning qanday usullari mavjud?


O‘zbekistonda xususiy mulkni himoya qilishning qanday usullari mavjud?

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, xususiy mulk huquqi quyidagi usullar bilan himoya qilinadi:

— xususiy mulk huquqini tan olish;

— xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash hamda xususiy mulk huquqini buzuvchi yoki buzilish xavfini tug‘diruvchi harakatlarning oldini olish;

— bitimni haqiqiy yemas deb topish va bu holatning oqibatlarini qo‘llash;

— davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hujjatini haqiqiy yemas deb topish;

— xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

— majburiyatni aslicha bajarishga undash;

— zararni qoplash;

— neustoyka undirish;

— ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lash;

— xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik barqarorligini ta’minlash;

— davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qonunga zid hujjatlarini sud tomonidan qo‘llanmasligi;

— mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor qilinishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida shunday deyilgan: "Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda belgilangan holatlar va tartibdan tashqari, shuningdek, sud qarorisiz mahrum yetilishi mumkin yemas."

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                           A.Abdugaffarov