Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishning qanday afzalliklari mavjud?


O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishning qanday afzalliklari mavjud?

Birinchi o‘rinda O‘zini o‘zi band qilgan shaxs kim ? – degan sovol mavjud.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs – bu daromad olish maqsadida xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok yetadigan, faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, YATT sifatida ro‘yxatga olinmagan shaxs.

"Siz “Ro‘yxatdan o‘tmasdan ham bu ishlarni bemalol bajarayapman” deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq, ro‘yxatdan o‘tishning bir qancha muhim afzalliklari mavjud.

Birinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar yiliga kamida BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydilar. Ushbu to‘lov mehnat stajini hisoblash uchun asos bo‘ladi va pensiya uchun staj qo‘shiladi. Garchi bu to‘lov soliq deb atalsa ham, to‘liq Pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladi va kelajakda pensiya miqdori ushbu to‘langan mablag‘ asosida hisoblanadi. Agar siz BHMning 1 baravaridan ko‘proq to‘lasangiz, pensiya ham shunga mos ravishda ko‘proq bo‘ladi.

Ikkinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar topgan daromadidan soliq to‘lamaydilar.

Uchinchidan, o‘z faoliyatingizni rivojlantirish yoki kengaytirish uchun kredit olmoqchi bo‘lsangiz, banklar rasmiy daromad manbaini talab qiladi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganingizda daromadingiz rasmiy ravishda tasdiqlanadi, bu yesa kredit, ipoteka yoki avtokredit olish imkoniyatini kengaytiradi."

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                           A.Abdugaffarov