Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bolaning bog‘chaga kelmagan kunlar uchun ham to‘lov qilinishi kerakmi?


Bolaning bog‘chaga kelmagan kunlar uchun ham to‘lov qilinishi kerakmi?

Quyidagi sabablar bilan bolaning bog‘chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarda hisobga olinadi:

– bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi;

– karantin holatida bo‘lishi;

– ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqtida yoki boshqa sabablarga ko‘ra.

Bunda bolaning kelmagan kunlarining soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytiriladi va keyingi to‘lov summasi bu hisoblangan summaga kamaytiriladi.

Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                           A.Abdugaffarov