Янгиликлар
Xodimlarni jazolash maqsadida avansdan mahrum qilish qonunda belgilab berilganmi?
Xodimlarni jazolash maqsadida avansdan mahrum qilish qonunda belgilab berilganmi?
Avans, ya’ni bo‘nakdan mahrum qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hatto xodim o‘z roziligi bilan avansdan voz kechish haqida ariza yozsa ham, bu qonunga zid hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 254-moddasiga binoan, xodimlarga ish haqi to‘lash muddati jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatlarda belgilangan bo‘lishi lozim. Agar bunday hujjatlar mavjud bo‘lmasa, mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlar asosida belgilanishi va har yarim oyda kamida bir marta to‘lanishi kerak. Xodimlarga oylik ish haqi, odatda, 16 kundan ortiq bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismda (bo‘nak va qolgan qismi) to‘lanishi talab yetiladi.
Bundan tashqari, MK 312-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazo choralari belgilangan. Avansdan mahrum qilish degan intizomiy jazo yo‘q. Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Demak xodimlarni jazolash maqsadida ularning avansinibermaslik va ushlab qolish kabi vajlar qununiy yemas.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Abdugaffarov