Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?


Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?

 

Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim yetish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish haqidagi qonuniy talablarini uzrsiz sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonuniy talablarni bajarmaslik yoki ichki ishlar organlari xodimining qonuniy ko‘rsatmalariga bo‘ysunmaslik, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning huquq va yerkinliklarini ta’minlash vazifalarini bajarayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini ye’tiborsiz qoldirish:

— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha jarima solishga olib keladi.

Agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir yetilsa:

— bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinishi yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosiga sabab bo‘ladi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                               M.Shukurov