Янгиликлар
Fuqarolar ijtimoiy faolliklarini qanday shakllarda amalga oshirish huquqiga yega?
Fuqarolar ijtimoiy faolliklarini qanday shakllarda amalga oshirish huquqiga yega?
O‘zbekiston konstitutsiyasida demokratiyaning ajralmas xususiyatlaridan bo‘lgan va fuqarolar faoliyatini ta’minlovchi miting, namoyish, yig‘ilish o‘tkazish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 38-moddasida “Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga yega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga yega” – deb belgilangan.
Miting, yig‘ilish va namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari hisoblanadi.
Miting, yig‘ilish va namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib ketish natijasida turli tuman zararli holatlar, yani mol-mulkning shikastlanishi, fuqarolarga jismoniy zarar yetkazish hollari uchrashi mimkin. Mazkur vaziyatlarda hokimiyat organlari xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlashi mumkinligi belgilangan.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 217-moddasida “Yig‘ilishlar, mitinglar ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish tartibini buzish” uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov