Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari nimalardan iborat?
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida” gi (O‘RQ 704-II-son) 02.12.2004 yildagi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
- u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
- u qonunga ko‘ra deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
- u chaqirib olingan taqdirda;
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot yetgan deb ye’lon qilingan taqdirda;
- u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
- u vafot yetgan taqdirda;
- palata tarqatib yuborilgan taqdirda.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining senator yetib saylangan deputati vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi uning senatorlik vakolatlari tugatilishiga olib keladi.
- Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat, senator degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.
- Deputatning, senatorning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin yemas.
Qonunchilik palatasi deputati palatada doimiy asosda ishlaydi, Mahalliy kengash deputatlari deputatlik faoliyatini jamoatchilik asosida, asosiy ish joyidan ajralmagan holda olib boradi.
Senatorlarning ayrimlari Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin, Boshqa senatorlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda senatorlik faoliyatini bajaradi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov