Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirish tartibi qanday?
Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusayning
92-moddasida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini tashkil yetish tartibi belgilangan. Unga asosan Qonunchilik palatasining 150 deputati bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘gri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 128-moddasida saylov vakillik organlari uchun belgilangan muddatda o‘tkaziladi. Bu saylov umumxalq saylovi bo‘lib 18 yoshga yetgan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok yetadi. Palataning 150 nafar deputati umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘gri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Saylov kuni 25 yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishi mumkin.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin yemas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin yemas.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov