Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Shaxsga oid ma’lumotlarni tarqatganlik uchun qanday javobgarlik belgilanadi?


Shaxsga oid ma’lumotlarni tarqatganlik uchun qanday javobgarlik belgilanadi?

 

Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi va unga nisbatan qonunchilikda qat’iy choralar belgilangan. Agar fuqaro tomonidan ushbu qonun buzilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima solinadi. Mansabdor shaxslar uchun yesa, bu jarima bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha yetishi mumkin.

Biroq, ushbu qonunbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin takroran sodir yetilsa, huquqbuzar uchun yanada jiddiyroq jazolar nazarda tutiladi. Bunday holatda jarima bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha oshishi mumkin. Bundan tashqari, shaxsni 3 yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolash ham mumkin.

Bu chora-tadbirlar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va huquqlarni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, qonunchilik tomonidan ma’lumotlarni noto‘g‘ri boshqarish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                               M.Shukurov