Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ota-onalar xususiy bolalar bog‘chalari va maktablarga to‘langan to‘lovlar uchun daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkinmi?


Ota-onalar xususiy bolalar bog‘chalari va maktablarga to‘langan to‘lovlar uchun daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkinmi?

 

Yendilikda nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’lim tashkilotiga ota-ona (farzandlikka oluvchi)lar tomomidan, har bir farzandi uchun oyiga 3 mln so‘mgacha yo‘naltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod qilinishi belgilandi.

Amaldagi Soliq kodeksi 378-modda 16-bandiga ko‘ra;

Ota (ona) imtiyozni:

ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim yetgan holda;

soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim yetgan holda foydalanishi mumkin. Deklaratsiya yuborilgandan so‘ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                          M.Shukurov