Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Har yili uyning yo‘l tarafga qaragan qismidagi devorni ma’lum miqdorda surib uyni hajmini kengaytirish ya’ni o‘zboshimchalik bilan yerlarni o‘zlashtirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?


Har yili uyning yo‘l tarafga qaragan qismidagi devorni ma’lum miqdorda surib uyni hajmini kengaytirish ya’ni o‘zboshimchalik bilan yerlarni o‘zlashtirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229(1)-moddasiga ko‘ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan yegallash yoki ushbu yer uchastkalariga qonuniy huquqlarsiz foydalanish, shuningdek, bunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir yetilsa, quyidagi jazolarga sabab bo‘ladi:

 

- bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha jarima, yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash, yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

 

Agar sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlari olib borish orqali o‘zboshimchalik bilan yegallab olish sodir yetilgan bo‘lsa, quyidagi jazolar belgilanadi:

 

- bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha jarima, yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash, yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

Agar shaxs birinchi marta jinoyat sodir yetgan bo‘lsa va jinoyat aniqlangan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida o‘zboshimchalik bilan yegallangan yer uchastkasini qaytarib bersa hamda ushbu harakatning oqibatlarini bartaraf yesa, unga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                          M.Shukurov