Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslar uchun qanday imkoniyat va sharoitlar yaratiladi?


Nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslar uchun qanday imkoniyat va sharoitlar yaratiladi?

 

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun uning otasi, onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) yoki bevosita parvarishlayotgan boshqa oila a’zosiga bolaning yonida bo‘lish uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Bu sharoitlar bolaning ruhiy va jismoniy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning davolanish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Jumladan:

-Mehnatga layoqatsizlik varaqasi: Nogironligi bo‘lgan bolani statsionar tibbiyot muassasasida parvarishlayotgan shaxsga davolanish davrida mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi, bu yesa o‘z navbatida ishda yo‘qotilgan vaqt uchun kompensatsiya olish imkonini beradi.

- Bepul ovqatlanish: Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qilayotgan ota-onasi yoki boshqa qarovchilar uchun davlat statsionar tibbiyot muassasalarida davolanish davrida bepul ovqatlanish ta’minlanadi. Bu yordam nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarning moddiy yukini kamaytiradi.

- Qo‘shimcha yordam va xizmatlar: G‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar uchun zarur bo‘lganda, psixologik maslahat va ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlari ham taqdim yetilishi mumkin.

Bu chora-tadbirlar, nogironligi bo‘lgan bolalarning davolanish jarayonida oila a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularning yehtiyojlariga ye’tibor qaratilishiga ko‘mak beradi.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                          M.Shukurov