Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?


Hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasida hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Unga ko‘ra, "soxtalashtiruvchi shaxs yoki boshqa birovning foydalanishi uchun huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod yetadigan rasmiy hujjatlarni tayyorlash yoki qalbakilashtirish, shuningdek, bunday hujjatlarni sotish, korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari va blankalarini tayyorlash yoki sotish" kabi harakatlar ijtimoiy xavfli jinoyat deb hisoblanadi.

Bunday jinoyatni sodir yetgan shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yellik baravaridan yuz baravarigacha jarima, yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi beriladi. Moddaning ikkinchi qismida yesa yanada og‘irlashtiruvchi holatlar ko‘rsatilgan:

a) takroriy yoki xavfli residivist tomonidan;

b) oldindan til biriktirgan holda bir guruh shaxslar tomonidan sodir yetilgan bo‘lsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Mazkur moddaning ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, qonun chiqaruvchi moddaning uchinchi qismida mustaqil tarkibli jinoyat sifatida "hujjatlarning qalbaki yekanligini bila turib ulardan foydalanish" uchun ham javobgarlikni belgilab qo‘ygan.

Bunday huquqbuzarlik sodir yetgan shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yellik baravarigacha jarima, yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                          M.Shukurov