Янгиликлар
Hech qachon shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatmang. Nega?
Hech qachon shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatmang. Nega?
Ma’lumot yegasining roziligi yoki qonuniy asos bo‘lmaganda, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish taqiqlanadi.
Ommaviy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan yoki maxfiylik talablariga amal qilinmaydigan ma’lumotlar umumiy foydalanish uchun mavjud ma’lumotlar deb hisoblanadi.
Aholini axborot bilan ta’minlash maqsadida, shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar, masalan, biografik ma’lumotnomalar, telefon va manzil kitoblari, hamda umumiy foydalanishdagi yelektron axborot resurslari tashkil qilinishi mumkin.
Misol sifatida, davlat va xususiy tashkilotlarning veb-saytlariga joylashtirilgan xodimlar yoki rahbarlarga oid ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, shaxs o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan ma’lumotlar ham umumiy foydalanishga ochiq hisoblanadi.
Shuningdek shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun talablari buzilganda, fuqarolar BHMning 7 baravari miqdorida, mansabdor shaxslar yesa BHMning 50 baravari miqdorida ma’muriy jarima bilan jazolanadi.
Agar bu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir yetilsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima, yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llaniladi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov