Янгиликлар
Daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?
Daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?
Bilamizki atrof-f muhitni chang xafolardan tozlashdagi yeng asosoiy vosita bu daraxtlar hisoblanadi.Lekin so‘ngi yillarda daraxtlarni ruxsatnomasiz kesish ko‘paymoqda. Lekin bu qilmishlar uchun quyidagicha javobgarliklar belgilangan;.
Qonunchilikka ko‘ra;
Daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasiga binoan javobgarlik belgilangan. Ushbu huquqbuzarlik fuqarolar uchun BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun yesa 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.
Agar mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida yana takrorlansa, huquqbuzarlik quroli bo‘lgan ashyoni musodara qilish bilan birga, fuqarolar uchun BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun yesa 75 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllaniladi.
Yuridik shaxslarga tegishli hududlarda daraxtlarni himoya qilish va asrash choralarini ko‘rmaslik mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Daraxtlarning qimmatbaho turlarini kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilishga olib keluvchi loyiha hujjatlarini tayyorlash yesa mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga olib keladi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov