Янгиликлар
Ekologik qonunchilik va daraxtlarni himoya qilish.
Ekologik qonunchilik va daraxtlarni himoya qilish.
O‘zbekiston Respublikasining yekologik qonunchilik tizimi so‘nggi yillarda muhim yangiliklar bilan to‘ldirilmoqda. Yekologik muammolarni hal yetish va tabiiy resurslarni oqilona boshqarish maqsadida qabul qilingan qonunlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Yekologik qonunchilik tizimi asosan "Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonun (2018) va "Tabiatdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonun (2019) kabi hujjatlarga asoslanadi. Ushbu qonunlar tabiiy resurslar va yekotizimlarni himoya qilish, shuningdek, muhofaza qilinadigan hududlar va qimmatbaho o‘simliklar bilan bog‘liq normativ-huquqiy asoslarni belgilaydi.
Daraxtlarni himoya qilish bo‘yicha maxsus qonunlar mavjud bo‘lib, ular tabiat va yekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyatga yega. "O‘zbekiston Respublikasining Yerdan foydalanish va yer munosabatlari to‘g‘risida"gi Qonun (1998) va "O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun (2016) daraxtlarni, butalarni va boshqa o‘simliklarni himoya qilishga doir qoidalarni belgilaydi. Ushbu qonunlar doirasida daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish kabi huquqbuzarliklar qat’iy ravishda jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi doirasida daraxtlarni, butalarni va boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Fuqarolar uchun bu kabi huquqbuzarlik 25 baravardan 50 baravarigacha jarimaga tortiladi. Mansabdor shaxslar yesa 50 baravardan 75 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov