Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Raqobatchilarni obro‘sizlantirganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?


Raqobatchilarni obro‘sizlantirganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?

 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Bunday jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Shuningdek, "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llash nazarda tutilgan.

Xususan, insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tovar yoki moliya bozorida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan davrda, biroq oxirgi uch yildan ortiq bo‘lmagan davrda, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan tovar yoki moliya bozorida tovarni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasining 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Adliya bo‘limi yurdik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonulti:                                     M.Shukurov