Янгиликлар
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga egalik huquqini berish jarayoniga start berildi
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga egalik huquqini berish jarayoniga start berildi
Qonun shu yilning 8 noyabridan rasman kuchga kiradi. Qaerga murojaat qilish kerak?
Qonunga muvofiq vakolatli tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida har-bir hududda xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu reja-jadval Kadastr agentligining kadastr.uz saytida e’lon qilindi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida saytga kirish bilan dastlabki oynada jadval bilan tanishish taklif etiladi.
Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish axborot tizimi — «EʼTIROF» AAT dasturi ishlab chiqildi.
Qonunning 14-moddasiga asosan vakolatli tashkilotlardan tegishli ma’lumotlarni va hujjatlarni o‘zlarining axborot tizimlaridan “E’TIROF” dasturiga integratsiya qilgan holda elektron ravishda taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov