Янгиликлар
Pech yordamida isitishda qanday yong‘in xavfsizligi talablari borligini bilasizmi?
Pech yordamida isitishda qanday yong‘in xavfsizligi talablari borligini bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra odamlar ommaviy bo‘ladigan ob’ektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi.
Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
— isitish pechlari uch oyda bir marta;
— doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
— oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining talablariga muvofiq iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalaniladigan asbob-uskunalarni texnik tekshirish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov